Iraq Airlines aviakompaniyasining Ozarbayjon poytaxti Bokudagi idorasida otişma sodir bölib, kompaniyaning bir xodimi öldirildi. Bu haqda Report axborot agentligi xabar bermoqda. 

Otişmani örta yoşlardagi erkak sodir etgan. Keyinroq aniqlanişiça, qurbon Iroqning Ozarbayjondagi elçisi tarjimonining ukasi Ali Valid öğlu Agali bölgan. Ma'lumotlarga köra, voqea aviakompaniya idorasi joylaşgan, Bokudagi Dəmirci Tower biznes-markazidagi binoning 3-qavatida sodir bölgan. 

Qurbon 1993 yilda tuğilgan bölib, Bokuda yaşagan. U vinçester rusumidagi miltiqdan otib öldirilgan. Qotillikni sodir etişda gumon qilinib 1989 yilda tuğilgan, aviakompaniyaning Ozarbayjondagi vakolatxonasida haydovçisi bölib işlagan Elşan Rafayat öğlu Başirov qölga olingan. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, jinoyat maişiy kelişmovçilik sabab sodir etilgan. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.