Fransiya şarqida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida kamida 5 kişi halok bölib, 27 kişi jarohatlandi. Bu haqda Creusot Infos xabar tarqatdi.

Xabar qilinişiça, bu hodisa Sona va Luara departamentlarini boğlovçi yölda sodir bölgan. Portugaliyalik 40 nafar kişi mingan avtobus Şveytsariyaga yöl olgandi. Haydovçi yölda boşqaruvni yöqotgan. Voqea joyiga öt öçiruvçilar, qutqaruvçilar va tibbiyot xodimlari yetib borgan. Jarohatlanganlardan ikki nafari oğir ahvolda ekani aytilmoqda.

Yöl-transport hodisasiga yölning muzlagani sabab bölgani taxmin qilinmoqda.