Kot-d'Ivuar mudofaa vaziri Alayn-Riçard Donvaxi 7 yanvarda Buake şahriga isyon kötargan demobilizatsiya qilingan harbiylar bilan muzokaralar ötkazgani keldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Va'da berganimdek, birodarlarimiz bilan uçraşgani keldim. Men bu yerga ularni tinçlantiriş uçun kelganman, buni mendan prezident iltimos qildi", deb aytgan Donvaxi isyonçilar bilan uçraşuv oldidan. Donvaxi ularni eşitib, yeçimni topişga harakat qilib köradi.

Avvalroq Reuters axborot agentligi harbiylar qurol-aslaha omborlarini qölga olib, Buake şahrini nazoratlari ostiga olganlarini ma'lum qilgandi. Keyinroq mamlakat mudofaa vazirligi Buakedagi isyonda iştirok etayotgan amaldagi harbiylarni isyonni bas qilib, kazarmalarga qaytişga çaqirgan. "Askarlardan osoyiştalikni saqlaş va kazarmalarga qaytiş söraldi", deb aytgan Donvaxi maxsus telemurojaatda.

Şuningdek, 6 yanvarda Daloa va Korxogo şaharlarida amaldagi harbiylar isyoni bölib ötgan. Isyonçi harbiylar 2007 yildagi barça kelişuvlar bajarilmaganini aytişgan. Jumladan, harbiylar maoşlari oşirilişini talab qilmoqdalar.