Pekin hukumati smogga qarşi kuraşiş maqsadida ekologiya politsiyasini taşkil etdi. Bu haqda 8 yanvar kuni The Telegraph xabar bermoqda.
Yangi tuzilmaning majburiyatlariga çiqindilarni, ötinlarni, şuningdek, turli biomateriallarni ruxsatsiz yoqiş holatlarini aniqlaş va tartibga oliş kiradi. Bundan taşqari, ekologiya politsiyasi oçiq osmon ostida barbekyu tayyorlaş holatlarining ham oldini oladi.
Sönggi yillarda Xitoydagi ekologik vaziyat keskin yomonlaşdi. Sanoat çiqindilarining konsentratsiyasi oqibatida şaharlar atmosferasi smog bilan qoplandi.











