Ispaniya çempionatining 17-turidan örin olgan «Real»va «Granada» jamoalari uçraşuvi oldidan madridliklar hujumçisi Kriştianu Ronaldu «Santyago Bernabeu» stadionida 2016 yilning 12 dekabr kuni qölga kiritgan «Oltin töp»ini namoyiş etdi.
«Oltin töp»ni portugaliyalik futbolçisga «Real» klubining sobiq futbolçisi va faxriy prezidenti Fransisko Xento topşirdi.
Mazkur ramziy taqdirlaş marosimida jamoaning sobiq futbolçilari Raymon Kopa, Ronaldo, Maykl Ouen, Luiş Figu va Zinedin Zidan iştirok etişdi. Ularning barçasi öz davrida mazkur sovrinni qölga kiritişgan.
Şuningdek, Kriştianu Ronaldu uçraşuvda Nike kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi maxsus butsalarda maydonga tuşgan. Futbolçi butsaning suratini Instgramdagi sahifasiga joylaştirgan.













