Insonlar özlariga berilgan qimmatli umrni behuda işlar bilan ötkazişlari durust emas, albatta.

Lekin oramizda ba'zi bir odamlar borki, vaqtlarini zoye ketkazib, qimmatli umrlarini gunoh işlarga sarf etadilar. Mast qiluvçi içimliklarni içib, talonçilik, buzğunçilik va öğirlikka qöl uradilar. Yuzlaridan hayo pardasi kötarilib, or-nomusdan ayriladilar.

Bir kuni Ilm va Or-nomus uçraşib qolibdi. Ilm aytibdi: «Agar men yöqolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar». «Agar men yöqolib qolsam, - debdi Or-nomus, - izlab, ovora bölmanglar, heç qayerdan topolmaysizlar...».

Darhaqiqat, or-nomusidan ayrilib, şa'niga doğ tuşirgan insonlar avvalgi martabasi-yu, mavqeini tiklab olişlari dargumon. Bu ularning hayotida bir umr qora doğ bölib qoladi. Ayniqsa, öğirlik qilib qölga tuşgan insondan hamma qoçadi. Öğri degan nom tavqi la'natdek hamişa uning ismiga taqaladi. Hamma tinç, faroğatda yaşasa, öğri doimo havfda, iztirobda, pana-pastqamda umr keçiradi. Uning yomonligidan odamlar notinç böladi.

Undaylar haqida Rasuli Akram (sollallohu alayhi vasallam) debdurlar: «Qiyomat kunida odamlarning eng past darajalisi dunyoda odamlar uning yomonligidan notinç bölgan kişidir».

Boşqa bir Hadisda esa: «Möminlarning molini nohaq özlaştiradigan kişilar Qiyomat kunida dözaxga tuşurlar», deyilgan.

Abu Lays As-Samarqandiy hazratlarining «Tanbehul ğofiliyn» asarida bu haqda quyidagi jumlalarni öqiş mumkin: «Kim ön dirham öğirlasa, uning qöli kesiladi. Musulmon kişining qöli ön dirhamning hurmatidan emas, balki ikki iş sababidan kesiladi: möminlar hayotini oyoq-osti qilgani va Alloh taqsim qilgan narsaga rozi bölmagani uçun. U boşqaning moliga köz olaytirdi. Tangri taolo uning qilgan işi sababli jazo sifatida va Yaratganning boşqa taqsimotiga rozi bölmaydiganlarga ibrat uçun kesişga buyurdi».

Bosqinçilik qilib, birovlarning qonini tökib, molini talayotgan yoki payt poylab öğirlik qilgan kişilar özlarini mömin deb ataşga haqlari yöq. Çunki Islom dini kişilarni iymon va insofga çorlab, ularni haromdan, buzğunçilikdan qaytaradi.

Hazrati Payğambarimiz Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qilib debdurlar: «Mömin odamni sökiş - fosiqlik, öldiriş - kofirlikdir. Uning moli hurmati - qonining hurmati kabidir, ya'ni, qonini tökiş qanday harom bölsa, molini oliş ham şunday haromdir».

Rasuli Akram (sollallohu alayhi vasallam) yana bir Hadisda: «Öğirlik - katta gunoh. Xatto, öğirlangan molni bilib turib sotib olgan odam ham şu gunohga barobar şerikdir», - deb marhamat qilibdur.