AQŞ şu yilning fevral oyi boşida Koreya respublikasida zarba berişga ixtisoslaşgan 24 ta Apache AH-64D vertolyotlarini joylaştiradi. Bu haqda Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lum qilmoqda. 

"Vertolyot bataloni Seuldan 70 km janubda bölgan Pyontek şahrining Kemp Xampris bazasida joylaştiriladi, - deyiladi xabarda. –Janubiy Koreyaga mazkur bölinmaning safarbar etilişi AQŞning ittifoqçilik majburiyatlariga sodiqligini anglatadi va ikki mamlakat harbiy alyansini yanada kuçaytiriş imkonini beradi".

Apache vertolyotlari birinçi navbatda tanklar va boşqa zirhli texnikalarga qarşi kuraş uçun möljallangan. Bu texnikalarning Koreyaga taşlanişi "Şimoliy Koreya tomonidan tahdid kuçayib borayotgan bir vaqtda mamlakat mudofaa salohiyatini kuçaytiradi", - deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.