Suriya prezidenti Başar Asad «Jabhat an-Nusra» terrorçilik taşkiloti jangarilari Damaşq fuqarolarini uç haftadan beri içimlik suvisiz uşlab turişganini ma'lum qildi. Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
«Hozirda terrorçilar Damaşqni ta'minlab turuvçi içimlik suvining asosiy manbasini egallab olişdi. Şu tariqa, 5 milliondan ortiq aholi uç haftadan beri suvsiz qolmoqda. Suriya armiyasining vazifasi – terrorçilarga suvdan foydalangan holda poytaxtni böğişlariga yöl qöymaslik maqsadida uşbu hududlarni ozod qilişdir», - dedi u.
Şuningdek, Asad Ostonada 23 yanvar kuniga belgilangan muzokaralarga tayyorligini bildirdi va uçraşuvda Suriya konstitutsiyasi böyiça referendum haqidagi masala kötarilişi mumkinligini qöşimça qildi.
Ma'lumot uçun, 2016 yil dekabr oyi oxirida jangarilar Damaşq atrofidagi suv manbalarini dizel yoqilğisi bilan zaharlaşgani xabar qilingandi.












