Çimkentda gaz portlaşi oqibatida ikki qavatli uy qulab tuşdi. Bu haqda Tengrinews.kz muxbiri xabar bermoqda. 

Favqulodda voqea 8 yanvarda tonggi soat 4 da yuz bergan. Maxsus xizmatlarga ikki oilaga möljallangan 2 qavatli uyning qulab tuşgani haqida signal kelib tuşgan. Uyda kvartirantlar yaşagan. Uy qulagandan yarim soat ötib vayronalar ostidan 2015 yilda tuğilgan bola çiqarib olingan. Söngra bolaning ota-onasi ham çiqarib olingan, biroq ayol halok bölgan. Keyinroq yana ikki kişi tirik topilgan. Natijada uç kişi şifoxonaga yuborilgan, bir kişi şifoxonaga borişdan boş tortgan.

Voqea Çimkentning 18-mikrotumanida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, voqeaga gaz-havo aralaşmasining portlaşi sabab bölgan. Ayni vaqtda favqulodda vaziyatlar departamenti mutaxassislari falokatning aniq sabablarini aniqlaştirişmoqda. Ta'kidlanişiça, bu tumandan gaz quvuri ötgan, biroq vayronalar ostidan kamin va isitiş elektr qurilmasi aniqlangan. Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari ma'lumotlariga köra, portlaşdan keyingi yonğin çiqmagan. Qulaş maydoni 64 kvadrat metrni taşkil qilgan. Uy butkul vayron bölgan. 

Önlab odamlar uyda yaşovçilarni qutqarişda iştirok etişgan. Uy elektr va gaz tarmoğidan uzib qöyilgan.