Qozoğistonning Çimkent şahrida quriliş işlarini olib borayotgan quruvçilar kutilmagan topilmaga duç kelişgan. Ular odamlarning qoldiği, deyarli bus-butun xum va uy jihozlarini topib olişgan. Quruvçilar topilmalarni bir joyga töplaşgaç, 3 kişining qoldiği ekani aniqlangan.
Quruvçilardan biri ular bu topilmalarga qanday duç kelişganini sözlab bergan, deb yozmoqda otyrar.kz sayti.
«Işlayotganimizda örtoğimning suyakka közi tuşdi! Biz asta-sekinlik bilan qaziş işlarini davom ettirdik va uç kişining qoldiği, singan likopça va albatta, tilla emas, tuproq töldirilgan közani kovlab oldik. Biz zudlik bilan keksalarni çaqirdik. Ular inson qoldiqlarini qayta kömiş zarurligini aytişdi. Közani biz tekşiriş uçun arxeologlarga topşirdik…», - deb hikoya qilgan Davron Abayev.
Uşbu topilmaga duç kelgan quruvçilar mazkur hududda işni vaqtinça töxtatgan.












