Isroilning Qudus şahrida bir guruh askarlarga yuk maşinasida borib urilgan terrorçini ekskursovod öldirgani ma'lum böldi. Bu haqda "Galey TsAXAL" radiostansiyasi xabar bermoqda. 

Itan Rod ismli ekskursovod voqea isroillik harbiylar Arnon Xa-Natsiv yon atrofi va diqqatga sazovor joylarini tomoşa qilayotganlarida yuz berganini sözlab bergan.

"Men zarbadan bir neça marta havoda aylanib ketib, ötloq ustiga tuşdim. Özimda töpponçani paypaslab, maşinaning old oynasiga bir neça marta öq uzdim. Men unga öqdondagi barça öqni uzdim", deb eslamoqda ekskursovod.

Uning aytişiça, boşqa harbiylar keyinroq öq uza boşlaşgan.

Hujum oqibatida 4 kişi halok bölgan, 15 kişi yaralangan. Terrorçi yöq qilingan.

Isroilda bölib ötgan voqea terakt deb baholangan.