Maxsus oyoq kiyimi işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Freaker Sneaks firmasi Nintendo kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi krossovkalar kolleksiyasi taqdim etilişini ma'lum qildi. Ularning dizaynida öyin  kontrollerlari elementlaridan foydalanilgan. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.

Super Nintendo modeli kul rangda bölib, Nike Air Jordan basketbol krossovkalarini eslatib yuboradi. Oyoq kiyimining orqa qismi turli rangdagi Nintendo nazorat qiluvçi tugmalari bilan jihozlangan.

Oyoq kiyimi narxi hozirça oşkor etilmadi, biroq u atigi 10 juftda taqdim etilişi ma'lum qilindi.

Ma'lumot uçun, Nintendo – videoöyinlar va öyin konsollari yaratişga ixtisoslaşgan yapon kompaniyasi bölib, qarorgohi Kiotoda joylaşgan. Firmaga 1889 yilda asos solingan.