Videoöyinlar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Nintendo kompaniyasi 2-çorak yakunlariga köra 106,5 mlrd iyen (1 mlrd dollar) sof daromad olganini ma'lum qildi. 

Bu qiymat yapon kompaniyasining bir yil avvalgi körsatkiçidan 541 foiz köproqni taşkil qilgan.
        
Kompaniya tuşumi 2-çorakda 3,38 mlrd dollarga (204 foiz köproq) yetgan. Tuşumning ikki karra ortişiga koronavirus pandemiyasi va turli davlatlarda unga qarşi kiritilgan çeklovlar turtki bölgan. Kompaniyaning eng talabgir öyini “Animal Crossing: New Horizons” öyini bölib qolmoqda. Martda sotuvga çiqarilgan öyindan 22,4 mln nusxa sotilgan. Bu miqdordan 10,6 mlni 2-çorakka töğri kelgan. Uşbu körsatkiç evaziga öyin butun tarix davomida eng köp sotilgan öyinlar elliktaligiga kirdi.

Bundan taşqari, kompaniya pandemiya sababli butlovçi qismlar yetkazilişidagi muammoga qaramay, özining Switch va Switch Portable öyin konsollarini muvaffaqiyatli sotmoqda. 2-çorak davomida kompaniya 5,68 mln.ta öyin konsoli sotgan.