2017 yilning 8 yanvarida Nokia brendining yangi sohibi HMD Global kompaniyasi özining Android'dagi birinçi Nokia 6 telefonini namoyiş qildi.
Yangi smartfon 5,5 dyuymli displey, 16 megapikselli kamera, 4 Gb operativ xotiraga ega böladi. Nokia 6 smartfoni Android 7.0 Nougat'da işlaydi. Kompaniya vakillarining ta'kidlaşlariça, Nokia 6 — HMD Global 2017 yilning birinçi yarmida namoyiş qilişni rejalaştirayotgan birinçi telefon. Smartfonlarni yiğiş bilan FIH Mobile Limited (Foxconn korporatsiyasi) şuğullanadi.

Smartfon faqat Xitoyda JD.com riteyleri orqali sotiladi. Qurilma bahosi 246 dollarni taşkil qiladi. Kompaniya rahbariyati Xitoyni HDM Global uçun "strategik muhim" bozor, deb atamoqda.
HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi smartfonlarni işlab çiqariş huquqini 2016 yilning bahorida qölga kiritgan.











