Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu hosil yig‘adi: Portugaliyalik futbolchi navbatdagi sovrinini kutmoqda
Bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFAning taqdirlash marosimi o‘tkaziladi, unda 2016 yilning eng yaxshi futbolchisiga ham mukofot topshiriladi va bu mukofot egasi deyarli aniq - Krishtianu Ronaldu. Tribuna ushbu marosim anonsini taqdim etadi.
Bu qanday bo‘lgandi?
Uzoq vaqtlardan buyon Yevropa va dunyo futbolida eng nufuzli individual mukofot «Oltin to‘p» edi va bu mukofotni France Football jurnali egasiga topshirar edi. 1991 yilda FIFA ham yilning eng yaxshi futbolchisi uchun mukofotini ta'sis etdi – «Brilliant to‘p». Mukofot egasini terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari aniqlashardi, ilk laureat germaniyalik Lotar Matteus bo‘lgan.
Qariyb 20 yil mobaynida bu ikki mukofot parallel ravishda topshirib kelindi. Ba'zida ikki mukofotga ham bir futbolchi ega chiqar, ba'zida unday bo‘lmasdi. Oxirgi marta laureatlar ikki kishi bo‘lgan: 2004 yilda «Oltin to‘p»ni Andrey Shevchenko, «Brilliant to‘p»ni esa Ronaldino olgan.
2010 yilda bu ikki mukofot birlashtirildi. FIFA va France Football nashriga egalik qiluvchi Amaury Group kompaniyasi JARdagi jahon chempionati vaqtida, Yoxannesburg shahrida kelishuvga erishdi va endilikda «Oltin to‘p» mukofoti milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari, shuningdek, jurnalistlarning ovoz berishlari natijasida topshiriladigan bo‘ldi.
O‘tgan yil oxirida 6 yillik shartnoma muddati yakuniga yetdi. Yangi kelishuvga erishilmadi va endi yana France Football va FIFA o‘z mukofotlarini alohida taqdim etadigan bo‘ldi.
Bu qanday bo‘ladi?
FIFA «Brilliant to‘p»ni qaytarishni istamadi va The Best nomli yangi mukofot ta'sis qildi. FIFA talqini bo‘yicha eng yaxshisini aniqlash terma jamoa murabbiylari va sardorlari (25 foizdan), muxlislar (25 ) va FIFA ro‘yxatdan o‘tkazgan jurnalistlar (25 foiz) tomonidan aniqlanadi.
The Best platinadan tayyorlangan, balandligi 31 sm, og‘irligi esa – 6,4 kg. U nomzodlarning barchasi uchun bir xil (ayollar va erkaklar hamda murabbiylar uchun).
Bugungi taqdimot marosimida amerikalik taniqli aktrisa va prodyuser Yeva Longoriya hamda germaniyalik shoumen Marko Shrayl boshlovchilik qilishadi.
FIFA «Oltin to‘p» o‘rniga topshiradigan sovrin namoyish qilindi
Nomzodlar-2016
Yilning eng yaxshi futbolchisi: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Lionel Messi (Argentina), Antuan Grizmann (Fransiya).
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: Melani Beringer (Germaniya), Karli Lloyd (AQSh), Marta (Braziliya).
Yilning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar): Klaudio Raneri («Lester»), Fernandu Santush (Portugaliya), Zaynidin Zidan («Real»).
Yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar): Jill Ellis (AQSh), Silviya Nayd (Germaniya), Pia Sundxage (Shvetsiya).
Yil muxlisi: «ADO Den Xaag» muxlislari (Niderlandiya); «Borussiya» D – «Liverpul» uchrashuvini tomosha qilish uchun kelganlar; Islandiya terma jamoasi fanatlari.
Yilning eng yaxshi goli (Ferents Pushkash nomidagi mukofot):
Marlon (Braziliya)
Danyushka Rodriges (Venesuela)
Moxd Faiz Subri (Malayziya)
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026