Siemens AG konsernining Daniyadagi bölimi, şamol elektr stansiyalari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Siemens Wind Power A/S şamol turbinalari va ularning qismlarini taşiş uçun yangi transport kemasi oldi. Bu kema juda hayratlanarli ölçamlarga ega!
Ikki yil avval Siemens Wind Power yuklarni taşişda gorizontal holatda yuklaş va tuşiriş tizimiga ega yangi transport yuk kemalarini sotib olişga qaror qilgandi. Bunday kema yaqinda iş jarayonida namoyiş qilindi.
Kema Rotra Vente deb atalib, uning uzunligi 141 metrni taşkil qiladi va bir taşişda 8 MVt quvvatga ega bir neçta şamol turbinalarining ulkan gondolalarini taşişga qodir. Bu turbinalardan har biri juda katta ölçamlarga ega. Misol uçun, Siemens Wind Power şamol generatorining SWT–7.0–154 modeli yiğilgan holatda 200 metr balandlikka ega. Generatorning özi 220 tonna keladi. Qisqaça aytganda, kemada juda katta va oğir konstruksiyalarni taşişga töğri keladi.
Kemani Deugro Denmark kompaniyasi qurgan. Kompaniya kemani yasaşda konteyner taşuvçi kemani asos qilib olgan.
Ayni vaqtda yana bitta şunday kemani yaratiş ustida işlar jadal ketmoqda. Bu kema şamol turbinalarining minoralari va parraklarini taşiş uçun möljallangan. Yangi kema bir vaqtning özida uzunligi 80 metrga yetadigan 12 tagaça parrakni özida siğdira oladi.












