Özbekiston Vazirlar Mahkamasi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça Axborot-tahliliy departament Nizomi»ni tasdiqladi. Hukumat şu xususda qaror qabul qilgan. Uşbu hujjatga muvofiq, mazkur Departament Boş vazir rahbarligida faoliyat yuritadi va Özbekiston Boş vazirining Birinçi örinbosariga böysunadi. 

Departament faoliyati Vazirlar mahkamasi, uning Prezidiumi hamda hukumatning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantiriş böyiça ijroiya apparatini axborot-tahliliy materiallar bilan ta'minlaşga qaratilgan. 

Qarorda ta'kidlanişiça, Departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri böyiça boş va yetakçi mutaxassislari Vazirlar Mahkamasining özlari bölib turgan hududdagi vakolatli vakili hisoblanadi. 

Yangi departament mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini monitoring va tahlil qiladi, hududlarni rivojlantiriş dasturlari ijrosini ta'minlaş, şuningdek, hududlarning iqtisodiy rivojlanişi va ijtimoiy sohadagi ahvoli yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi. 

Bundan taşqari, har bir hududdagi mehnat va işlab çiqariş salohiyati, mineral-xomaşyo bazasidan samarali foydalaniş, mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça takliflarni ham işlab çiqadi. 

Hududlardagi aholi orasidagi demografik jarayonlar, jinslar orasidagi farq, aholi bandligining darajasi va tuzilmasi, aholi daromadlarini oşiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş ham Departament vazifalari etib belgilangan.