Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi I.D. Buzz elektrli miniven prototipini namoyiş etdi. Uning ilk taqdimoti Detroyt avtokörgazmasida bölib ötdi.
Har bir öqqa joylaştirilgan va umumiy quvvati 369 ot kuçiga ega ikkita elektr dvigatel uni yöltanlamas minivenga aylantiradi. Motorlar 111 kVt*soatlik batareyalardan quvvatlanadi.
Volkswagen I.D. Buzz joyidan 96 km/soat tezlikka 5 soniyada erişadi. Kontsept karning eng yuqori tezligi elektronika yordamida soatiga 160 km tezlikda çeklangan. Miniven bir marta quvvatlaniş bilan 600 km masofani ortda qoldiradi. Batareyalarni 80 foizga töldiriş uçun maxsus qurilmada yarim soat vaqt talab qilinadi.

I.D. Buzz gabarit ölçamlari 4942x1976x1963 mmni taşkil etadi. Volkswagen I.D. Buzz jihozlari röyxatiga muqobil boşqaruv tizimi ham kiritilgan. Uşbu tizim işga tuşirilganda, rul çambaragi markaziy konsolga kirib ketadi.
Unga 3 qator örindiq örnatiladi. Old örindiqlar muqobil boşqaruv vaqtida ortga ögirilişi, örta örindiqlar xontaxta, orqa örindiqlar lozim bölganda yotoq vazifasini bajarişi mumkin.
Bundan taşqari, Volkswagen I.D. Buzz haydovçini taniy oladi. Qöşimça reallikka ega proyeksiya displeyi, orqani körsatuvçi oynalar örniga kameralar, diodli boş çiroqlar, 22 dyuymli disklarga ega böladi.

Hozirça, I.D. Buzz minivenining seriyali işlab çiqarilişiga oid aniq muddat ma'lum qilingani yöq. Biroq, kompaniya bundan avval, elektromobillari turini 2020 yilga kelib keskin oşirişini bildirgan edi.






















