Britaniyaning kino va televizion san'at akademiyasi (BAFTA) öz mukofoti nomzodalarini e'lon qildi. Bu haqida Variety naşri xabar berdi.
Boş triumfator 11 mukofotga nomzodi qöyilgan "La-La Lend" musiqiy filmi bölişi kutilmoqda. "Manzil" va "Tun oğuşida" lentalari töqqiztadan nominatsiyaga ega. "Dengiz böyidagi Mançester" filmida esa 6 mukofotni qölga kiritiş imkoni mavjud.
"Vijdon amri bilan", "Fantastik hayvonlar va ular qayerda yaşaydi", "Arslon" hamda "Men, Deniyel Bleyk" kartinalarining har biri 5tadan yönalişda qayd etilgan. "Oy şu'lasi" va "Florens Foster Jyenkins" törttadan mukofotga nomzodlik qilişmoqda.
Aktyorlar orasidan Endryu Garfild, Keysi Afflek, Jyeyk Jillenxol, Rayan Gosling, Viggo Mortensen, Emi Adams, Emili Blant, Emma Stoun, Meril Strip va Natali Portman nomzodlari qayd etilgan.
Mukofotni topşiriş marosimi 2017 yilning 12 fevralida London şahrida bölib ötadi.












