AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner prezidentning katta maslahatçisi böladi. Biroq Trampning qizi Ivanka Oq uyda işlamaydi. Bu haqda Reyter agentligi Tramp jamoasining yuqori lavozimli a'zosiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Xususan, Kushner savdo kelişuvlari va Yaqin Şarq masalalari bilan şuğullanadi. Agentlik ma'lumotlariga köra, Ivanka Tramp otasining kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini ham tark etadi hamda Vaşingtonda uç farzandini tarbiyalaş bilan şuğullanadi. Saylangan prezidentning qizi, şuningdek, Donald Trampning köplab loyihalarida iştirok etmaydi va biznesidagi dividendlar örniga çeklangan miqdorda tölov olib turadi.
Jared Kushner ham Kushner Companies kompaniyasi rahbari lavozimidan ketadi. Şu bilan birga, "sezilarli aktivlari" va xorijiy investitsiyalaridan voz keçadi hamda öz ixtiyorida saqlab qolayotgan moliyaviy manfaatlariga aloqador işlarga aralaşişdan özini tiyib turadi.
Kushner advokatlarining fikriça, uning Oq uydagi bölğusi vazifasi prezidentga öz ma'muriyatidagi ayrim lavozimlarga yaqinlarini tayinlaşga izn bermaydigan mamlakat qonunçiligini buzmaydi.
Jared Kushner va Ivanka Tramp Donald Trampga sezilarli ta'sir körsata oladigan kamsonli kişilar guruhiga kiradi.
Xabarlarga köra, 11 yanvar uni Donald Tramp matbuot anjumani taşkil etadi hamda mamlakatni va biznesni boşqarişni qay tarzda taqsimlaş masalasiga oydinlik kiritadi.












