Gretsiya poytaxti Afinada Rossiyaning 55 yoşli konsuli vafot etdi, deb ma'lum qildi "Proto tema" naşri. Rossiya elçixonasida diplomatning vafot etgani tasdiqlandi.
Naşrning ma'lum qilişiça, konsul Afinadagi kvartirasida ölik holda topilgan. Diplomat ertalab işga kelmagan va qönğiroqlarga javob bermagan. Uning uyiga politsiya bilan birga kelgan hamkasblari içidan qulflangan eşikni oçib içkariga kirişgan.
Diplomatning ölimi sabablari tergov qilinmoqda.
CNN Greece telekanalining ma'lum qilişiça, gap Andrey Malanin ismli diplomat haqida ketmoqda.












