Çeçeniston Respublikasi 9 yanvarda çeçen xalqining davlatçiligi tiklanganining 60 yilligini nişonladi.

"1957 yil 9 yanvarda öşandagi Sobiq ittifoq kompartiyasi markaziy qömitasi boş kotibi Nikita Sergeyeviç Xruşevning irodali va adolatli qarori tufayli çeçenlar öz uylariga qaytiş imkoniyatini oldilar. Çeçen xalqi ijtimoiy jihatdan oqlangan va barça huquqlari tiklangan. Bu hodisa tariximizdagi eng esda qoladigan sanalardan bölgan", deb aytdi şu munosabat bilan respublika rahbari Ramzan Qodirov.   

Çeçen va inguşlar 1944 yilda Stalin tomonidan deportatsiya qilingandan keyin Çeçen-Inguş muxtoriyati tugatilgan. Qodirovning aytişiça, qisqa vaqt içida çeçen xalqi surgunning barça oğirliklarini yenga olgan.

"Bugungi kunda Çeçeniston öz xalqining mehnatsevarligi, taşabbuskorligi va faol fuqarolik pozitsiyasi evaziga Rossiyaning eng rivojlangan hududlaridan biriga aylandi. Şahar va qişloqlarimiz zamonaviy köriniş oldi, yangi maktablar, bolalar boğçalari va zavodlar paydo böldi, odamlarning turmuş darajasi oşdi. Biz ertangi kunimizga işonamiz", deb aytgan Qodirov.

Çeçenistonning davlatçiligi tiklangani kuni har yili 9 yanvarda nişonlanadi. 1957 yil şu kuni Rossiya oliy kengaşi prezidiumining "Çeçen-Inguş muxtor respublikasini tiklaş va Grozniy viloyatini tugatiş töğrisida"gi qarori çop etilgan. Uşbu sana Ramzan Qodirovning farmoni bilan 2010 yildan boşlab nişonlab kelinadi.