Yengil atletika böyiça Şvetsiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Ulf Karlsson «Mançester Yunayted» hujumçisi Zlatan Ibrahimoviçga sudda yutqazdi.
2016 yilning aprel oyida Karlsson şvetsiyalik futbolçi «Yuventus»da öynagan kezlarida (2004—2006 yilgi mavsumlar) muskullarini 10 kilogrammgaça şişiriş uçun doping qabul qilganini aytgandi.
Şvetsiya sudi Karlssonning sözlarida töğridan-töğri ayblovlar yöqligi, biroq ularda futbolçi doping qilganiga işora borligi haqida qaror çiqardi.
Karlsson sözlariga isboti yöqligi hisobga olinib, sud uni tuhmat qilişda aybdor deb topdi va unga 2,6 ming yevro miqdorida jarima soldi.












