Argentinada 52 million yillik ikki qazilma hosili topildi. Topilma köplab zamonaviy ösimliklar, şu jumladan kartoşka va pomidorning evolyutsiyasini tuşunişga yordam beradi. Science jurnali şu haqida ma'lumot berdi. 

Manbaga köra, ösimlik ituzumlar oilasiga kiradi. Hozirda ular hamma yerda tarqalgan, lekin ularning erta tarixi hozirça noma'lum - olimlar faqat bir neçtagina qazilma uruğini topişgan. Topilma ituzumlar oilasining eng yirigi hisoblangan fizalislarga mansub. Fizalislarning turlaridan biri - sabzavot fizalisi tomatlarga qarindoş hisoblanadi va Meksika oşxonasida qöllaniladi. Topilmaga köra, fizalis va ituzumlar avvalgi ma'lumotlardan ança oldinroq paydo bölgan: sabzavot fizalisi ilgari 25 million yil avval paydo bölgani taxmin qilinardi. 

Tadqiqot ötkazilgan hududda 6 mingga yaqin qazilma ösimliklari  topilgan, biroq ularning faqat ikkitasigina fizalislarga tegişli bölgan.