Çekiş jahon iqtisodiyotiga har yili 1 trillion AQŞ dollariga tuşadi. Bunga soğliqni saqlaş tizimiga bölgan sarf-xarajatlar va işlab çiqarişning pasayişi kiradi. Bunday xulosa Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va AQŞ onkologiya Milliy instituti bilan hamkorlikdagi qöşma hisobotda taqdim etildi, deb xabar beradi Reuters.

Bundan taşqari, tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, tamaki iste'moli sabab yuz beruvçi ölim holati 2030 yilga borib jiddiy ravişda ortadi.

«Tamaki sabab yuz beradigan ölim holatlari 2030 yilga borib har yil 6 million kişidan 8 millionga yetadi. Şu bilan bir qatorda, bunday holatlarning 80 foizdan ortiqroği örta va past daromadga ega mamlakatlarda qayd etiladi», - deyiladi hisobotda.

Şuningdek, tadqiqotçilarning ma'lumotlariga köra, dunyo böylab tamaki iste'mol qiluvçilar soni ortib bormoqda.

«Çekiş har yili soğliqni saqlaş tizimi va işlab çiqarişning pasayişi sabab dunyo iqtisodiyotiga 1 trillion AQŞ dollari miqdorida zarar keltiradi», - deb xabar qilişdi mutaxassislar.

Tadqiqotçilarning qöşimça qilişiça, mamlakatlar aholi örtasida tamaki iste'molini kamaytiriş uçun barça imkoniyatlarga ega, biroq sönggi vaqtda ular bu sohada faollik körsatişmayapti.