Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, armiya generali Sumayla Bakayoko, milliy politsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Bredu M'Bia va milliy jandarmeriya qo‘mondoni Jyerve Kuaku Kuassi qo‘mondonlikdan chetlatilganlar.
6 yanvarda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiylar Kot-d'Ivuarning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahri Buakeda qurol-aslaha omborini egallab olib, shahar ustidan nazoratni qo‘lga olganlar. Amaldagi harbiylarning isyonlari Daloa va Korxogo shaharlarida yuz bergan. Harbiylar maoshlari oshirilishi va turmush tarzlari yaxshilanishini talab qilishmoqda.











