Ganderilya shanba kuni diviziya generali Karlos Fernandes Gondin og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgach o‘z lavozimiga kirishdi. U avval ushbu mahkamada vazir o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan.
Xabar matnida aytilishicha, vitse-admiral Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi a'zosi va xalq hukumati Milliy assambleyasi deputati ham hisoblanadi.
Ganderilya ichki ishlar vazirligida turli lavozimlarda xizmat qilgan. U harbiy aksilrazvedka xizmatini 16 yil davomida boshqardi.











