Kataloniyaning «Barselona» futbol klubi hujumçisi Lionel Messi FIFAning 2016 yildagi eng yaxşi futbolçiga mukofot topşiriş marosimiga kelmaydi. U eng yaxşi öyinçi böliş uçun nomzodlar röyxatida bor. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. Tsyurixga argentinalikdan taşqari Xerard Pike, Andres Inesta va Luis Suares ham borişmaydi.

Ma'lumot uçun, France Football jurnali 2016 yildan beri yana «Oltin töp» mukofotini, FIFA – özining sovrinini topşirib kelmoqda. Ötgan mavsum yakuniga köra «Oltin töp»ni «Real» forvardi Kriştianu Ronaldu qölga kiritdi, «The Best»ga esa Ronaldu, Lionel Messi («Barselona») va Antuan Grizmann («Atletiko») da'vogarlik qilmoqda.

Mukofotlarni topşiriş marosimi bugun Tsyurix şahrida bölib ötadi.