AQŞ prezidenti Barak Obama ma'muriyati “arab bahori” davomida ğarbiy demokratiyani örnatişga harakat qilib, jiddiy xatoga yöl qöydi. Bu haqda mamlakat Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Brennan CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib ötdi.

"Öylaşimça, Vaşingtonda “arab bahori” avtoritar rejimlarni ağdarib taşlaşi, şuningdek demokratiya faqatgina xalqlar buni istasagina, gullab-yaşnaşi borasida asossiz umidlar bölgan", - deya ma'lum qildi Brennan 2011 yilda arab dunyosida röy bergan norozilik aksiyalari tölqini haqida gapirar ekan. Öşanda Tunis, Misr va Yamanda amaldagi hukumat töntarib taşlangan, Liviya va Suriyada fuqarolik uruşi boşlangan, Jazoir, Iroq, Marokaş, Ummon va boşqa davlatlarda ommaviy norozilik namoyişlari avj olgandi. Ma'lum bölişiça, aslida u yerda "özlariga, öz qabilasi yoki guruhiga ozodlik" istaşgani oşkor böldi. "Haqiqiy demokratiya u yerdagi köplab xalqlar va madaniyatlarga mos kelmadi", - dedi MRB direktori.

Şuningdek, uning fikriça, Iroqdan amerikalik qöşinlarni olib çiqiş IŞID terrorçilik guruhi paydo bölişiga turtki bergan omillardan biri böldi. "Men bu sabab böldi, deb öylamayman. Menimça, bu röy bergan holatga turtki bergan, xolos. Sababi biz u yerda yöq edik va harbiy tayyorgarlik hamda yordamni körsatiş imkonidan mosuvo böldik", - aniqlik kiritdi Brennan.

"IŞID Iroq va Suriyada bunçalik katta hududlarni egallab olişini bilganimizda edi... Biz bunday yölni tanlamagan bölardik", - tan oldi u.

MRB direktori Suriyada qurollangan muxolifatni birinçi bosqiçda faol ravişda qöllab-quvvatlaşdan voz keçilganda, qanday ehtimoliy vaziyat yuzaga kelişi mumkinligi borasida ham öz fikrini bildirib ötdi. "Ehtimol. Öşanda Suriya rejimi ança kuçsiz edi", - dedi u. "Biroq muxolifatni kör-körona qöllab-quvvatlaş hamda Suriyaga qurol-yaroğ yetkazib beriş hozirgidan ham yomon holatga olib kelişi mumkin edi", - deya qöşimça qildi Brennan.