Qazzofiyning hayoti va ölimi. 10 yil avval uni nega ağdarişgandi?
|02:55 / 23.10.202153 74318 min
Liviya diktatori Muammar Qazzofiy roppa-rosa 10 yil muqaddam öldirilgan. Mamlakat öşandan buyon siyosiy inqirozdan çiqa olmayapti. Liviyada barqaror hukumat tuzilişiga nima tösqinlik qiladi?
REUTERS/Zohra BensemraREUTERS/Zohra Bensemra
«Biz butun dunyoga Qazzofiy inqilob tufayli ağdarilganini e'lon qilamiz. Liviyadagi tiraniya va diktaturaga yakun yasaldi», degandi 2011 yil 20 oktyabrida Ötiş davri milliy kengaşining yuqori martabali vakili Abdul Hafiz Goga qoçqindagi hukmdor Muammar Qazzofiyning halok bölgani haqida ma'lum qila turib.
Diktatorning tarixi
Muammar 1940-yillarda, öşa vaqtda Tripolitaniya deb atalgan Italiya mustamlakasida, badaviylar qabilasiga mansub oilada dunyoga kelgan. 1959 yilda Bengazidagi universitetning tarix fakultetiga öqişga kirgan, şu yerda marksizm ğoyalari bilan tanişgan, öqişni tamomlagaç, 1964 yildan harbiy kollejda tahsil ola boşlagan. Keyinroq Britaniyaga öqişga yuborilgan va u yerda tank texnikasini örgangan. Armiyadagi xizmat çoğida spirtli içimliklar içmasligi va köngilxuşliklarda iştirok etmasligi bilan ajralib turgan.
Maktab yillaridayoq isyonkor kayfiyatda bölgan, Misrning öşa vaqtlardagi yetakçisi Jamol Abdulnosirga havas qilgan va qirol Idris hokimiyatidan norozi yoşlarning maxfiy guruhiga asos solgan Muammar talabalik yillarida «Erkin ofitserlar ittifoqçi-sotsialistlari» taşkilotini tuzadi. U Jamol Abdulnosirning hokimiyatni qölga oliş maqsadida tuzgan «Erkin ofitserlar» taşkilotidan ilhomlangandi.
1969 yilda harbiy davlat töntarişi amalga oşirgan zobitlar fitnasiga boşçilik qilgan. Natijada Liviyada monarxiya tugatilib, kapitan Qazzofiy hokimiyatga keladi.
1969—1971 yillarda Qazzofiy hukumati xorijiy banklarni hamda xorijliklarga tegişli bölgan yer mulklarini milliylaştiradi. Şuningdek, davlat xorijiy neft kompaniyalarni töliq yoki qisman öziga böysundiradi. 1973 yildan Qazzofiy öz rejimining barça siyosiy raqiblarini tozalaşni öz içiga olgan madaniy inqilob harakatini boşlaydi. Liviya rivojlanişning alohida yölini tanlagani e'lon qilinadi — boşqaruvning Jamaxiriya şakli e'lon qilinadi. Köp yillar mobaynida armiya, davlat apparati va qişloqlardagi aholi diktator tayançi bölib keladi.
Taşqi siyosatda esa, hokimiyatga kelişi bilanoq Qazzofiy Liviyani qöşni arab davlatlari bilan yaqinlaştiriş yölidan boradi. Şu bilan birga, bu 1976 yilda Misr bilan qisqa muddatli uruş olib borilişiga xalal qilmaydi. Uganda-Tanzaniya uruşi vaqtida Qazzofiy bir neça ming liviyalik harbiylarni ugandalik diktator Idi Aminga yordam uçun yuboradi.
Içki siyosatda Qazzofiy öz rejimining barça raqiblariga nisbatan öta beşafqatligi bilan ajralib turardi. U fitnalar va davlat töntarişiga har qanday urunişlarga qarşi qattiq kuraşgan, bunday harakatlar xorijlik kuçlar tomonidan moliyalaştirişiga işonçi komil edi. Mamlakatda siyosiy partiyalar va muxolif guruhlar taqiqlanadi. Liviya qonunçiligi iş taşlaşlar va namoyişlarga ruxsat bermaydi, OAV ustidan qat'iy nazorat örnatiladi.
Mavzuga oid
1969 yildan 1994 yilgaça bölgan davrda Qazzofiy rejimiga qarşi çiqqan 343 liviyalik halok bölgani rasman tasdiqlangan, ulardan 312 nafari Liviya hududida (84 kişi qamoqda vafot etgan, 50 kişi inqilobiy tribunallar hukmiga köra jamoat joylarida otib öldirilgan, 148 kişi aviahalokatlar, avtohalokatlar va zaharlanişlar oqibatida olamdan ötgan, yana 20 kişi rejim tarafdorlari bilan qurolli töqnaşuvlar vaqtida ölim topgan, tört kişi xavfsizlik xizmati agentlari tomonidan otib ketilgan, olti kişi esa tibbiy yordam körsatiş rad etilgani tufayli jon bergan).
Qazzofiy turli terrorçi taşkilotlarga homiylik qilgan, siyosiy maqsadlarda raqiblarni öldiriş va öğirlaş bilan şuğullangan. AQŞ Liviya rejimini kamida 45 mamlakatning içki işlariga aralaşişda ayblagan hamda Liviyani terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatiga kiritgan. Masalan, 1986 yilda Ğarbiy Berlindagi amerikalik harbiylar orasida maşhur bölgan diskotekada portlaş sodir etilgan. Natijada uç kişi halok bölib, 200dan ortiq kişi yaralangan. Portlaş Liviya maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilganiga oid belgilar aniqlangan.
Ammo Liviya maxsus xizmatlari uyuştirgan eng qonli terakt 1988 yilda röy bergan. Şotlandiyadagi Lokerbi şaharçasi osmonida Londondan Nyu-Yorkka parvoz qilgan Boeing 747 rusumli yölovçi samolyot portlatilişi oqibatida 270 kişi halok bölgan. Keyingi yili Niger havo kengliklarida Brazzavildan Parijga uçayotgan DC-10 samolyoti portlatilib, 170 kişi öldirilgan. Tekşiruvlar bu jinoyatlarga Liviya razvedka xizmati aloqadorligini körsatgan.
Qazzofiy gözal qizlardan tuzilgan tansoqçilari qurşovida Kiyevdagi safari vaqtida, 2008 yil
Qazzzofiy ikki marta uylangan bölsa-da, u atrofida yoş va gözal qizlarni olib yurişni yoqtirgan. Xususan, Liviya diktatorining qöriqçilari şunday qizlardan iborat edi. Qazzofiyning farzandlari köp edi, ularning ayrimlariga yuqori lavozimlar berilgan. Masalan, beşinçi öğil, Mu'tasim Billa Qazzofiy — milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi hisoblangan. Muammar juda ekssentrik yetakçi sifatida ham ajralib turgan. U badaviylarga xos kiyingan va çodirda yaşagan, hatto xorijiy safarlarda ham çodirini olib yurgan, milliy kiyimda bölgan, şu orqali xalqqa yaqinligini köz-köz qilişni maqsad qilgan. Bundan taşqari, u tez-tez harbiy formada köriniş bergan.
Sanksiyalarga qaramay, Qazzofiyning rejimi, diktaturani qisman yumşatgan holda 2011 yilga qadar yaşadi. 2011 yil 15 fevralida Bengazida 1996 yilda öldirilgan mahbuslarning qarindoşlari töplanadi, ular advokat va huquq faoli Fathi Tarbelning ozod etilişini talab qilişadi. Tarbel ozod etiladi, ammo namoyişçilar bundan qanoatlanmay, xavfsizlik kuçlariga hujum qiladi. Qöşni Tunisdagi voqealardan ilhomlangan liviyaliklar mamlakatni 42 yildan buyon uzluksiz ravişda boşqarib kelgan diktatorga qarşi oyoqqa turadi.
Keyingi kuni isyonçilarga qarşi katta kuç taşlanadi, ammo namoyişçilar safi kengayib boradi, Al-Baydada mahalliy politsiya ular tomoniga ötadi, keyin Bengazi ham hukumatga qarşi kuçlar tasarrufiga olinadi, şundan söng poytaxtda tartibsizliklar boşlanadi. Bir neça kun içida mamlakatning şarqiy qismi namoyişçilar nazoratiga ötadi. Endi muxolifatçilar polkovnik Qazzofiyning iste'fosini talab qilişar edi.
2011 yil martida BMT Liviyada xalqaro kuçlar tomonidan harbiy amaliyot ötkazilişini ma'qullaydi, undan maqsad, birinçi navbatda tinç aholini himoya qiliş bölişi kerak edi. NATO kuçlarining mamlakatga kirişi va Qazzofiyga sodiq bölgan kuçlarga qarşi kuraş olib borişi diktatorning pozitsiyasini sezilarli darajada zaiflaştiradi.
Sentabr oyida köplab jinoyatlarda ayblangan diktator Interpol qidiruviga beriladi. Bu vaqtda Liviya hududida şiddatli harbiy harakatlar davom etayotgandi. Poytaxt taslim bölişi arafasida Qazzofiy Liviya şimolida joylaşgan, Tripolidan 450 kilometr masofadagi Sirt şahriga qoçadi. Bu yerda u öz atrofidagi odamlardan NATO havo kuçlarining zarbalari tufayli ayriladi. Isyonçilar qurşovida qolgan diktator kanalizatsiya quvuri orqali qoçişga urinadi, ammo asir olinadi va şu yerdayoq şafqatsiz ravişda samosud qilib, öldiriladi. Şu tariqa, Sirtda tuğilgan Muammar şu yerda şarafsiz ölim topadi.
Qazzofiyning ağdarilişi sabablari
Liviya böyiça ekspert, Hamburgdagi Yaqin Şarq tadqiqotlari instituti xodimi Hager Ali DW bilan suhbatda Liviya xalqining asosiy qatlami Qazzofiy olib borgan siyosatdan noroziligining asosiy sabablari birinçi navbatda ijtimoiy va iqtisodiy xarakterda bölganini qayd etadi. Avvalo, gap oziq-ovqat mahsulotlari narxi oşib ketgani, yoşlar orasida işsizlik darajasi haddan taşqari yuqoriligi haqida ketadi.
Liviyaliklarning boşqa talablari demokratlaştiriş va Qazzofiy davrida inson huquqlari qöpol ravişda buzilişiga oid holatlarning tekşirilişi bilan boğliq istaklar edi. 1996 yilda Tripolidagi Abu-Salim qamoqxonasidagi qirğin vaqtida turli baholarga köra 1200dan 1700 nafargaça kişi öldirilgan. «Bu jinoyat Qazzofiy boşqaruvining barça davrlarini ifodalay oladi», deya qayd etadi Ali.
Zolim tiran ağdarilganidan keyin yangi hayot boşlanişi uçun umidlar yuksak edi. Ammo öşandayoq BMT boş kotibi bölgan Pan Gi Mun ogohlantirgandi: «Liviya va uning aholisi uçun oçilgan yöl tikanli va qiyinçiliklarga töla böladi». Uning sözlariga köra, «liviyaliklar kelajak berayotgan va'dalarga faqat milliy birlik va kelişuvçanlik orqali erişişi» mumkin edi.
Liviyadagi fuqarolik uruşi
Ammo yaraşiş umidlari puçga çiqdi: 2014 yilda mamlakatda fuqarolar uruşi boşlanib ketdi. Hager Alining sözlariga köra, buning sabablari asosan Qazzofiy yaratgan hokimiyat apparati bilan boğliq. Çunki liviyalik diktator isyondan juda qörqqan va yuqori martabali harbiy amaldorlarni öziga yaqin olişga, muhim lavozimlarga ularni va öz oilasi a'zolarini tayinlaşga harakat qilardi.
«Öz muhofazasi uçun u yollanma askarlardan foydalangan, kiçikroq mansabdagi harbiy boşliqlarga deyarli vakolat bermagan», deya davom etadi ekspert. Bunday şaroitlarda alohida guruhlar örtasida raqobat boşlanib ketgan va bunday qarama-qarşilik Qazzofiyning ölimidan söng ham davom etgan.
Bu orada diktatorni ağdarişdek umumiy istak bilan tuzilgan ittifoqlar parçalanib ketgan. Hatto bir neça bor saylovlar ötkazilişi ham Liviyadagi aholining turli guruhlari örtasidagi ziddiyatlarni hal qilişga qodir bölmagan. «Buning sababi şundaki, mamlakatda siyosiy muloqot taşkil etişga qobil bölgan fuqarolik jamiyatining özi yöq edi», deb hisoblaydi Hager Ali.
Barbod bölgan davlatçilik
Bu inqilob Liviya boşiga muvaffaqiyatsizlikka uçragan davlat qismatini olib keladi: bu yerdagi davlat hokimiyatçiligi parçalanib ketadi. Köp ötmay mamlakatda qöşhokimlik yuzaga keladi: biri Tripolida, ikkinçisi şarqiy çegaralar tomonda - Tobruk şahrida.
Bu orada öz manfaatlarini himoya qiliş yoki ilgari suriş maqsadida Liviyadagi fuqarolik uruşiga köplab xorijiy davlatlar aralaşadi, jumladan, Rossiya, Turkiya, Misr va BAA.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Milliy kelişuv hukumati rahbari Foiz Saroj bilan ittifoq tuzib, Liviyaning Örta Yer dengizi qirğoqlaridagi gaz zaxiralarini qazib oliş huquqini qölga kiritişga harakat qiladi.
Rossiya, Misr va BAA esa Liviya milliy armiyasi boş qömondoni, feldmarşal Xalifa Haftar ta'siridagi Tobruk muvaqqat hukumatini qöllaydi.
Bu ittifoq evaziga Qohiradagilar «Birodar musulmonlar» kabi radikal guruhlarni tiyib turiş hamda ularning ta'siri mamlakatga yoyilişining oldini olişni maqsad qilgandi.
Rossiya nima uçun Haftarni qöllagan?
Öz navbatida Rossiya Haftarda özining uşbu mintaqadagi manfaatlari himoyasi uçun ittifoqçi qiyofasini köradi. U harbiy yordam evaziga Moskvaga mamlakatdagi energetika bozori uçun yöl oçib berişni, şu jumladan Tobruk va Derne portlaridan foydalaniş imkoniyatini va'da qilgandi.
Tripoli tarafida bölib kelgan Yevropa Ittifoqi uçun esa birinçi navbatda Liviya qoçqinlar oqimining manbayiga aylanişiga yöl qöyilmasligi muhim edi. 2020 yil fevralida Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas qöşni davlatlar Liviyada tinçlik örnatilişi uçun muzokaralar ötkazişi kerakligini aytgandi.
Liviya mojarosini tinç yöl bilan hal qiliş böyiça köplab taşabbuslarga mamlakatda inson huquqlari buzilişi bilan boğliq köplab holatlar aniqlangani sabab BMT maxsus elçilari duşman tomonlar muzokaralar stoliga ötirişi uçun tinimsiz kuraşib kelişdi. Nihoyat buni uddalaşdi, 2020 va 2021 yillarda Berlinda Liviya masalasi böyiça ötkazilgan ikki konferensiya yakunlariga köra tomonlar Abdul Hamid Dbeybuni vaqtinça boş vazir sifatida tan olişdi. 2021 yil fevralidagi kelişuvga köra mamlakatda joriy yil dekabrida prezidentlik va parlament saylovlari ötkazilişi rejalaştirilgandi, keyinroq parlament saylovlari 2022 yil yanvariga köçirildi.
Liviyaning hal qilinmagan muammolari
Liviya böyiça ekspert Hager Ali bugungi kunda mamlakatda hal qilinmagan behisob muammolar borligini qayd etadi. Şulardan biri - qurolli kuçlarni kim nazorat qilişi böyiça aniq reja yöqligi. Boşqa tomondan, Liviyada bir neça qurolli guruhlar harakatlanadi, ular saylovlar natijalarini tan olişdan boş tortişi mumkin. «Bunday şaroitda hokimiyatning ötkazilişi juda tahlikali jarayonga aylanadi», deydi u.
Bunday vaziyatda demokratiya, siyosiy barqarorlik va taşqi kuçlar ta'siridan mustaqil böliş Muammar Qazzofiyning vafotidan 10 yil ötib ham Liviya uçun erişilgan maqsad emas, amalga oşişi qiyin bölgan orzu bölib qolaveradi.
Qazzofiyga qarşi kuraşda iştirok etgan jangçi OAV vakillariga Sirtda qölga kiritgan öljasi - Muammar Qazzofiyning tilla töpponçasini körsatmoqda, 2011 yil 20 oktabr. REUTERS/Thaier al-Sudani
Qazzofiyning muxoliflaridan biri u Sirtda qölga olinişidan oldin yaşiringan quvurni körsatmoqda. REUTERS/Thaier al-Sudani
Muammar Qazzofiy Lissabonda ötgan YeI-Afrika sammiti vaqtida Panafrika parlamentining tanzaniyalik prezidenti Gertruda Mongella bilan suhbatlaşmoqda. 2007 yil 8 dekabr. REUTERS/Andrea Comas
Qazzofiy AQŞdan kelgan jurnalist ayollarni özining badaviylarga xos çodirida kutib olgan va ularga oilasini taniştirgan, 1986 yil 12 yanvar. Reuters/Kate Dourian
Qazzofiy Yevropa komissiyasi prezidenti Romano Prodining ofisi devoriga örnatilgan surat oldidan ötmoqda, 2004 yil 27 aprel. REUTERS/European Commission/HO
Muammar Qazzofiy Minsk markazidagi Ğalaba maydonida uruş qurbonlari xotirasi uçun guldasta qöyiş marosimida. 2008 yil 3 noyabr. REUTERS/Vasily Fedosenko
Polkovnik Qazzofiy Bob Aziz Iyya şahridagi çiqişida minglab tarafdorlariga qöl silkimoqda. U öşanda Qöşma Ştatlar siyosatini qoralagandi. 1986 yil 28 mart. REUTERS/Rob Taggart
Misr prezidenti Husni Muborak Liviya yetakçisi Muammar Qazofiy bilan çegaradagi Mersa Matruh şahrida uçraşuvda. 1989 yil 16 oktabr. REUTERS/Frederic Neema
Muammar Qazzofiy amerikaliklarning mamlakatdagi bazasi evakuatsiya qilinganining 40 yilligiga bağişlangan marosimda çiqiş qilmoqda, Tripoli, 2010 yil, 12 iyun. REUTERS/Ismail Zetouny
Muammar Qazzofiy Tunisda uç kun davom etgan Mağrib arab davlatlari ittifoqi sammiti yakunida öz taşqi işlar vaziri Jaddalloh Azzuz al-Talhini tinglamoqda. 1990 yil, 23 yanvar. REUTERS / Frederic Neema
Tripolining asosiy köçalaridan biridan mingta tank olib ötilgan. 1994 yil 1 sentyabrida Muammar Qazzofiy öz boşqaruvining 25 yilligini tantanali nişonlagandi. REUTERS/Stringer
Muammar Qazzofiy Afrika-Janubiy Amerika sammiti yiğilişi vaqtida Afrika ittifoqi bayroğini közdan keçirmoqda. Margarita oroli, 2009 yil 27 sentabr. REUTERS/Carlos Garcia Rawlins
BMT Boş Assambleyasining 64-sessiyasi vaqtidagi tuşlik dasturxonida Muammar Qazzofiy uçun ajratilgan joy. Nyu-York, 2009 yil 23 sentabr. REUTERS/Patrick Andrade
Muammar Qazzofiy Rimdagi Auditorium Hollda biznes-ledilar bilan uçraşuvni tark etmoqda. 2009 yil 12 iyun. REUTERS/Alessandro Bianchi
Qazzofiyning qarorgohi yaqinida örnatilgan monument, unda amerikaliklar harbiy samolyotini ğijimlayotgan muşt tasvirlangan. 2001 yil 1 fevral. REUTERS/File
Polkovnik öz qarorgohi yaqinida jurnalistlar bilan suhbatlaşmoqda, 2001 yil 5 fevral. 1986 yilda amerikalik harbiylar prezident Ronald Reygan topşiriği bilan uşbu hududda portlaş sodir etişgandi. REUTERS/File
Qazzofiy Rimdagi aeroportda öz uniformasidagi suratni jurnalistlarga namoyiş etmoqda. 2009 yil 10 iyun. Suratda liviyalik partizanlar yetakçisi Umar al-Muxtor mustamlakaçi Italiya armiyasi harbiylari tomonidan hibsga olingani aks etgan. Al-Muxtorning öğli uşbu safarda Qazzofiyga hamrohlik qilgan. REUTERS/Alessandro Bianchi
Venesuela prezidenti Ugo Çaves Qazzofiyning limuzinini haydamoqda, ular 2009 yil sentyabrida Margarita orolidagi sammitda iştirok etiş uçun kelişgandi. REUTERS/Miraflores Palace
Qazzofiy Sebha sahrosidagi demokratiya töğrisidagi debatda britaniyalik sotsiolog Entoni Giddens hamda amerikalik politolog Benjamin Berberning sözlarini tinglamoqda. Bu uçraşuvda köp yillar izolyatsiyada bölgan mamlakatning xalqaro aloqalarni tiklaşi istiqbollari muhokama qilingandi. 2007 yil 2 mart. REUTERS/Louafi Larbi
Belgiya politsiyasi badaviyça çodirni qöriqlamoqda. Öşanda Qazzofiy ikki kunlik taşrif bilan Bryusselga kelgandi. 2004 yil 27 aprel. REUTERS/Francois Lenoir
Qazzofiy BMT Boş Assambleyasi sessiyasidagi çiqişi çoğida tanaffus qilmoqda, orqa fonda 64-sessiyaga prezidentlik qilgan liviyalik Ali Abdul Salom Treki. Nyu-York, 2009 yil 23 sentabr. REUTERS/Mike Segar
Prezident Obama Italiyaning Akvila şahrida ötkazilgan G8 sammiti vaqtidagi tuşlikda Qazzofiy bilan töqnaşdi. 2009 yil 9 iyul. REUTERS/Alessandro Bianchi
Qazzofiy Damaşqdagi arab davlatlari sammiti oçilişi arafasida çoy höplamoqda. 2008 yil, 29 mart. REUTERS / Ahmed Jadallah
Qazzofiy öşa vaqtda Venesuela taşqi işlar vaziri bölgan Nikolas Maduro bilan gaplaşmoqda. Margarita orolidagi sammit, 2009 yil 25 sentabr. REUTERS/Jorge Silva
1986 yilgi portlaşdan keyin Qazzofiy qarorgohining içki körinişi. Öşanda Reygan Tripolini Ğarbiy Berlindagi tungi klubda amalga oşirilgan portlaş uçun ayblagandi - portlaşda ikki nafar amerikalik askar halok bölgan. Surat 1999 yil 2 dekabrda olingan. REUTERS/File
Qazzofiy Afrika-Janubiy Amerika sammiti yiğilişidan oldin közoynagini töğrilamoqda, Margarita oroli, 2009 yil 27 sentabr. REUTERS/Carlos Garcia Rawlins
Qazzofiy davlat televideniyesi orqali çiqiş qilmoqda, 2011 yil 22 fevral. REUTERS/Libya TV via Reuters TV
Odamlar Muammar Qazzofiyning Misratdagi uyda turgan jasadi fonida suratga tuşişmoqda. 2011 yil 20 oktabr. REUTERS/Thaier al-Sudani
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi