Angarsklik sobiq militsioner Mixail Popkovga 25 epizod böyiça ayblov qöyildi. Bu haqida Rossiya tergov komissiyasining Irkutsk viloyati matbuot xizmati xabariga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga köra, Popkov bundan avval 22 nafar ayolning ölimida ayblanib, umrbod qamoq jazosini olgan bölgan. Biroq 2015 yilning yanvarida Popkov yana 20 kişining ölimiga iqror bölgan.  

"Umumiy hisobda Popkovga 47 qotillik böyiça ayblov qöyilgan", - deya xabar berildi idorada. 

Ma'lumotlarga köra, sobiq militsionerga nisbatan hukm kuçga kirmadi. Hozirda tergov yangi işni körib çiqmoqda, şu bois u Irkutskdagi tergov izolyatorida. 

Mintaqa huquq-tartibot organidagi manba ma'lumotlariga köra, Popkov hozirga qadar 59 qotillikni tan olgan.