Jahon | 09:02 / 11.01.2017
9122
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yaponiyada eng yangi qiruvchi samolyotlarini joylashtira boshladi

AQShning 5-avloddagi ko‘p maqsadli F-35B qiruvchi samolyotlari Arizonani tark etib, Yaponiyadagi AQShning Ivakuni aviatsiya bazasida joylashtirilish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda AQSh dengiz piyodasi korpusining rasmiy saytida ma'lum qilindi. Bu samolyotlar aynan shu korpus hisobida turadi.

Xabarda aytilishicha, samolyot AQSh hududini 9 yanvarda tark etgan. Ivakuni yaqindagina jangda qo‘llashga tayyor deb topilgan F-35 samolyotlarini qabul qiluvchi AQShning xorijdagi birinchi harbiy bazasi bo‘ladi.

2015 yilda ushbu samolyotlar eskadrilyasi Steel Knight (Po‘lat ritsar) mashg‘ulotlarida ishtirok etib, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etgandi. "Oxirgi tekshiruvlar samolyotlar ekstremal sharoitlarda, dengizga yaqin joyda, turli jangovar yuklanish variantlarida oxirgi dasturiy ta'minotni qo‘llagan holda harakatlana olishini ko‘rsatdi", deb aytildi xabarda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid