Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albek Ibraimov Bishkek hokimligiga qayta saylandi
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrining kelasi to‘rt yillik hokimi sifatida Albek Ibraimov qayta saylandi, deb xabar qilmoqda «24.kg» axborot agentligi. Saylov 11 yanvarda bo‘lib o‘tgan.
Amaldagi hokim nomzodini shahar kengashining 29 nafar deputati qo‘llab-quvvatlagan. Uning siyosiy raqibi Nurdin Abdildayevga 12 deputat ovoz bergan.
Saylov qonunchiligiga ko‘ra, 23 nafar deputat ovoziga ega bo‘lgan kishi g‘olib hisoblanardi.
OAV Ibraimovni prezident Almazbek Atambayevning yaxshi ko‘rgan mutaxassisi deb yoritadi. Uning o‘zi ham davlat rahbari bilan tanish ekanidan faxrlanadi.
Mavzuga oid
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
08:04 / 15.12.2025