Apple korporatsiyasi iPhone'ning navbatdagi versiyasini işlab çiqiş uçun yangi texnologiyalar ustida işlamoqda. Bloomberg şu haqida xabar berdi. Yangi smartfonda moslaşuvçan ekran va masofadan boşqaruv tizimi tatbiq qilinişi kutilmoqda.
Bu izlanişlar tobora kengayib borayotgan qurilmalar bozorida Apple mahsulotlarining ajralib turişi uçun olib borilmoqda. Kompaniya turli modellar ustida tajribalar ötkazdi. Şunday qilib, iPhone'ning sönggi modellarida taçskringa barmoq bosimining kuçini inobatga oluvçi 3D Touch funksiyasi tatbiq qilingan. Endi esa korporatsiya aloqasiz boşqaruvni amalga oşirişni rejalaştirmoqda, unda smartfon ekrani bilan jismoniy aloqaga kirişilmaydi: foydalanuvçi muayyan masofadan turib barmoqlarini harakatga keltirsa bölgani.
Manbaga köra, texnologiya ikki yil içida tayyor böladi. Samsung 2014 yildan buyon şunday funksiyani Air Gestures nomi ostida taklif qilmoqda, biroq Apple'da u old paneldagi qöşimça sensorsiz amalga oşirilişi kerak.
Apple şuningdek displey şakli borasida ham tajriba qilmoqda — moslaşuvçan ekranli smartfonni yaratiş. Ta'kidlaş joizki, bundan avval Samsung, LG va Xiaomi ekran şakllari ustida tajribalar qilgan. Apple'ning iPhone 8 va iPhone X'da OLED-texnologiyaga ötişi ana şunday tajribalarni amalga oşiriş imkonini berdi. Bu texnologiya suyuq kristalli ekranlardan farqli ölaroq, displeyning bukilişiga imkon beradi. Bunga qöşimça ravişda Apple ekranlar uçun MicroLED nomli yangi texnologiya ustida işlamoqda.
Ekran işlab çiqaruvçi şaxsiy texnologiya işlanmasi Apple faoliyatidagi yangi bosqiç böladi, zero bunga qadar kompaniya boşqa kompaniyalar işlanmalaridan foydalangan. Masalan, Apple'ning ilk OLED-telefonlari hisoblanrgan IPhone X va iPhone 8'da Samsung texnologiyasi qöllangan.

















