7 fevral kuni texnologiyalar va gadjyetlarning eng yirik xalqaro körgazmasi - Mobile World Congress 2017 öz işini boşlaydi. Hi-Tech naşri kutilayotgan tadbirning eng asosiy anonslari haqida ma'lumot berdi.
BlackBerry


BlackBerry brendidan foydalaniş huquqiga ega TCL kompaniyasi rahbari yangi BlackBerry Mercury smartfonining promoroligini taqdim etdi. Şuningdek u qurilmaning MWC 2017 körgazmasida namoyiş qilinişini tasdiqladi.
BlackBerry Mercury — jismoniy QWERTY klaviaturali smartfon. "Oraliq" tugmasiga barmoq izlari skaneri örnatilgan. Ma'lumotlarga köra, smartfon Snapdragon 625 protsessori va 3 Gb operativ xotiraga ega böladi. Qurilma esa Android 7.0 Nougat'da işlaydi.
Androicentral naşri jurnalistlari BlackBerry Mercury'ning nusxasiga ega bölişdi.
LG


Yangi LG G6 smartfonida kompaniya modul konstruksiyadan voz keçadi, uning korpusi monolit böladi. @OnLeaks insayder ma'lumotlariga köra, koreys flagmanida kameraning ikkilamçi moduli qoladi. Uning tagida barmoq izlari skaneri örnatilgan smartfonni yoqiş tugmasi joylaştirilgan böladi.
Yangi ma'lumotlarga köra, LG G6 keng formatli 5,7 dyuymli, 2880x1440 pikselli displeyga ega. Smartfon yangi Snapdragon 835 protsessorida işlaydi.
Huawei


















