Rossiyaning Amerika prezidentlik sayloviga aralaşganiga doir AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampga berilgan hujjatlar tarkibida Tramp haqida töplangan dalillar ham bor. Rossiya razvedkasining uşbu hujjatlari haqida CNN telekanali Vaşingtondagi ismini oşkor qilmagan manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Xabar qilinişiça, mazkur dalillar töplami ikki sahifadan iborat bölgan va AQŞ maxsus xizmatlarining hisobotiga qöşilgan. Telekanal manbasining ta'kidlaşiça, Rossiya «agentlari» deb nomlanuvçi josuslar Tramp haqidagi şaxsiy va moliyaviy ma'lumotlarning barçasini bilgan. 

Telekanalga köra, töplamdagi ma'lumotlarning bir qismi Britaniya razvedkasining sobiq xodimi tomonidan yozilgan bölib, AQŞ maxsus xizmatlari uni işonçli manba deb hisoblaşadi.