Dunyoning eng badavlat kişilaridan biri, Berkshire Hathaway sarmoya kompaniyasi rahbari Uorren Baffet fond bozori tuşib ketganda McDonald's’dagi nonuştalaridan iqtisod qiladi. U bu haqda “Uorren Baffet böliş” nomli hujjatli filmi treylerida tan oldi. Film HBO kanalida 30 yanvar kuni namoyiş etiladi.

«Bekon (tuzlangan yoki dudlangan yoş çöçqa nimtasi), tuxum va pişloqli MakMaffin 3,17 dollar turadi. Lekin bozor pastlasa, men 2,95 dollarli sendviçni xarid qilaman», - dedi milliarder.

CNBC telekanali 2016 yilning noyabrida Baffetning boyligi Donald Tramp AQŞ prezidentligi saylovlarida ğalaba qozongaç, 11 milliard dollarga ortganini xabar qilgandi.

Forbes esa Baffetning umumiy davlatini 65,5 milliard dollarga baholagan. U bu körsatkiç böyiça faqatgina Microsoft asosçisi Bill Geyts (81 milliard dollar) va Amazon.com rahbari Jyeff Bezosga (67 milliard dollar) imkoniyatni boy bermoqda.