Norvegiyada raqamli radioeşittirişlarga ötiş jarayoni boşlandi: mamlakat şimoli-ğarbida joylaşgan Nurlann guberniyasi nafaqat mamlakat, balki dunyo miqyosida an'anaviy milliy FM tarmoğini öçirgan  birinçi maskan böldi. 

"11 yanvar, çorşanba kuni soat 11:11da NRK'ning eng yirik milliy radiokanallari - P4 va Radio Norge an'anaviy FM tarmoqlarida faoliyat yuritişni töxtatdi", - deyiladi Nurlann guberniyasining Avisa Nordland nomli mahalliy gazetasida. Tarixiy voqea tantanali şaroitda, Norvegiya hukumati vakillari va Norvegiya Radiosi iştirokida bölib ötdi. 

Raqamli radioeşittirişlarga ötiş haqidagi qaror Norvegiyada 2015 yilning bahorida hukumat va parlament tomonidan qabul qilingan edi. FM tarmoqlarini öçiriş işlari muntazam ravişda amalga oşiriladi va 2017 yilning 13 dekabrida tugallanadi. Masalan, Osloda raqamli radioeşittirişlarga ötiş sentabr oyida amalga oşiriladi. 

Mamlakatda bu texnologiyaning qöllanilişi bundan buyon Norvegiya milliy radiokanallarini televizorlar, internet yoki DAB (Digital Audio Broadcasting)radiopriyomniklardan tinglaş imkonini beradi. Norvegiyada 2022 yilga qadar faqat muayyan hududiy radiostansiyalargina FM tölqinlarda işlaşda davom etadi. 

Yangi texnologiyalarga ötiş ança bahs-munozaralarga sabab böldi. Biroq Norvegiya hukumati öz qarorida qat'iy turdi, radioeşittirişlarga ketadigan xarajatlarning keskin kamayişi va favqulodda holatlarda ham aloqaning yaxşiligi  yangi texnologiyaning asosiy ustunligi sifatida körsatildi.

Raqamli radioeşittirişlarga ötiş masalasi ikki yil avval Şvetsiyada ham muhokama qilingan edi, biroq bu borada yakuniy xulosaga kelinmagan va mavzu boşqa muhokamaga qöyilmagan. 

Norvegiya FM-radiodan voz keçmoqda