Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining 29 dekabr kungi qarori bilan yangi köçalarga nom berildi va ba'zi köçalar qayta nomlandi.

Şahar hokimiyati ma'lumotiga köra, 5,1 kilometrlik Nurafşon köçasi Olmazor tumanidagi Beruniy köçasidan boşlanib, Şayxontohur tumanidagi Xurşid köçasigaça davom etadi va Nurafşon aylanma köçasi deb nomlanadi, Mirzo Uluğbek tumanidagi Mirzo Uluğbek şoh köçasi va Parkent köçasi oraliğida yaqinda oçilgan köça esa Taraqqiyot köçasining davomi böldi.

Uçtepa va Şayxontohur tumanida joylaşgan Mannon Uyğur köçasi Kökça darvoza deb qayta nomlangan. Kökça Darvoza köçasining özi esa Qoratoş köçasining bir qismi böliş örniga, Kökça Darvoza tor köçasiga aylangan.

Yakkasaroy tumanidagi Muqimiy va Bobur köçalarini yölötkazgiç orqali boğlaydigan yangi köça Muqimiy köçasining davomi böladi.

Olmazor tumanidagi Taraqqiyot köçasi boşqa tumanda ham şu nomli köça mavjudligi sababli Dilsaroy deb qayta nomlangan.

Yunusobod tumanida sobiq radiostansiya hududidagi eski köça Qanoat köçasi nomini olgan.