“Kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy savdo majmuasi 2016 yilda janrlar böyiça eng köp sotilgan kitoblar reytingini taqdim etdi.
Unga köra, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar böyiça 1-örinda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov qalamiga mansub “Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuç” asari qayd etildi. Ikkinçi örindan I. Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yölida xizmat qiliş - eng oliy saodatdir”, uçinçi örindan esa “Ozodlik havosidan töyib nafas olgan xalq öz yölidan heç qaçon qaytmaydi” asarlari joy oldi.
Ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlar yönalişida esa 1-örin Tohir Malik asarlari (“Mehmon tuyğular”, “Odamiylik mulki”)ga berildi. Ikkinçi örindan Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya” asari joy olgan bölsa, uçinçi poğona Kaykovusning “Qobusnoma” asariga berildi.
Badiiy-adabiy adabiyotlar böyiça Ötkir Hoşimovning “Ikki eşik orasi” asari birinçi öringa loyiq topildi. Ikkinçi örin M.Brionning “Menkim, Sohibqiron jahongir Temur”iga berilgan bölsa, uçinçi poğonadan Çingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” asari joy oldi.
Bolalar adabiyoti yönalişida birinçi örin Xudoyberdi Töxtaboyevning “Sariq devni minib”, ikkinçi J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, uçinçi poğona esa Ğafur Ğulomning “Şum bola” asariga berildi.












