Yaponiyada yukni uçuvçisiz uçiş apparati orqali uzoq masofaga yetkazib beriş böyiça jahon rekordi örnatildi. Mamlakat şimoli-şarqidagi Xonsyu orolida joylaşgan Fukusima prefekturasidagi poligonda dron soatiga 43 km tezlikda harakatlanib, şamol bölişiga qaramasdan 12 km masofadagi punktga yukni yetkazgan.

Uşbu sinovni Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ekspertlari ötkazişgan.

Kyodo agentligining qayd etişiça, şu vaqtgaça dron orqali yuk 10 kilometrdan ortiq masofaga olib borilgani kuzatilmagandi.

Tajribada apparatga issiq şörva solingan idiş yuklangandi. Taom tezda sohilga yetkazilgan va u yerdagi syorfingçilar tomonidan iste'mol qilingan.