AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp 11 yanvar kuni özining ilk katta matbuot anjumanini ötkazgani haqida avval xabar qilgan edik. Mazkur anjumandan bir kun avval Amerikaning ayrim naşrlari Trampni obrösizlantiruvçi ma'lumotlar mavjudligi haqida xabarlar tarqatgan edi. Xususan, CNN telekanali Amerika xizmatlari Rossiya ayğoqçilari tomonidan Trampga nisbatan ma'lumotlar töplanganini gumon qilayotgani haqida ma'lum qilgandi. BuzzFeed portali esa, "razvedka hujjati" töliq e'lon qilişga ham jur'at etdi. 

Şu bilan birga, tekşirilmagan va tasdiqlanmagan ma'lumotlarning oşkor qilinişi köplab jahon naşrlari tanqidiga uçradi. Saylangan prezidentning özi ham "adolatsiz OAV"ni keskin qoraladi. 

"Ular oqibatlariga tayyorgarlik köraverişi kerak, ular allaqaçon tayyorlanişmoqda", — deya tahdid qilgan Tramp BuzzFeed portaliga matbuot-anjumanida. 

Şu bilan bir vaqtda, Amerikaning bölajak rahbari CNN jurnalistiga savol berişi uçun izn bermagan, aksinça telekanalni "Siz — soxta yangiliklarsiz!", deya ayblagan. 

Trampning sözlariga köra, agar uşbu xabarlar e'lon qilinişida maxsus xizmatlarning qöli bölsa, bu ularning obrösiga putur yetkazadi. "Balki bu razvedkaning işidir, ehtimol unday emasdir — kim biladi?" – deb qayd etgan respublikaçi prezident.

Tramp, şuningdek, mazkur masala böyiça rasmiy Kreml pozitsiyasini hurmat qilişini uqdirdi. Moskva obrösizlantiruvçi ma'lumotlar e'lon qilinişini “mutlaq asossiz xabar” ekanini ta'kidlab, Rossiya heç kimga nisbatan bunday ma'lumotlar töplamasligini, balki global tinçlik va xavfsizlik maqsadida işlaşini qayd etgan edi.