«VKontakte» ijtimoiy tarmoği asosçisi va Telegram messenjer ilovasi muallifi Pavel Durov, ilovadan foydalaniş xavfsiz bölmay qolgani haqidagi fikrlarni izohladi. U ilovaning Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan buzilganidan nimani tuşuniş lozimligini ma'lum qilgan. Pavel Durov bu haqda «Firma siri» jurnaliga sözlab bergan.

««His / her understanding was that the FSB ... had cracked this communication software» iborasi, har holda, 2016 yil aprelida Kozlovskiy va Alburovning SMS-qisqa matnli xabarlarining uşlanişi bilan boğliqqa öxşaydi», — degan Durov.

Şu bilan birga, Telegram rahbari Buyuk Britaniya razvedkasining sobiq xodimiga tegişli ekani uqdirilgan hisobotni e'lon qilgan BuzzFeed işonçli axborot manbasi ekanini şubha ostiga ham qöygan. 

Bundan avvalroq, uşbu naşr Britaniya maxsus xizmati sobiq xodimining hisobotini çop etgan, unda göyoki, Rossiya tomoni AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampni şantaj qiliş maqsadida, uning obrösiga putur yetkazadigan ma'lumotlarni töplagani qayd etilgan.