Germaniyada 2016 yilda hammasi bölib 280 mingga yaqin qoçqin röyxatdan ötgan, bu 2015 yildagi qoçqinlar sonidan (890 ming) uç marotaba kamroqni taşkil qildi. Bunday ma'lumotlarni Germaniya içki işlar vazirligi keltirdi.

"Bu holat Germaniya hukumati va Yevropa Ittifoqi qabul qilayotgan çoralar işlayotganini körsatadi", deb aytdi içki işlar vaziri Tomas de Mezer. Uning aytişiça, nemis migratsiya xizmatlari "muhojirlar oqimini tartibga solişga" muvaffaq bölgan.

Boşpana beriş iltimosi esa 2016 yilda aksinça köpaygan va 745,5 mingtani taşkil qilgan. Bu körsatkiç 2015 yildagidan 268,8 mingtaga köp bölgan. Eng köp iltimoslar Suriya, Afğoniston, Iroq, Albaniya va Eritreya fuqarolaridan kelib tuşgan.