Yaponiyaning Honda avtomobilsozlik konserni AQŞda 772 ming dona Honda va Acura rusumli maşinalarini qaytarib oladi. Bunga Takata firmasi tomonidan işlab çiqilgan xavfsizlik yostiqçalari bilan boğliq nuqsonlar sabab bölgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Çaqirib oliş dasturiga muvofiq, 2008-2012 yillarda işlab çiqilgan Honda Accord, 2006-2011 yillarga tegişli Honda Civic, 2007-2012 yillarda mijozlarga yetkazib berilgan Honda Fit hamda 2010-2012 yillarda işlab çiqilgan Honda Insight maşinalaridagi texnik nuqsonlar bartaraf etiladi.
Yaponiyaning Takata kompaniyasi xavfsizlik yostiqçalari 2014 yilda mojaro markazida qolgan edi. Piropatronning nosozligi sababli, halokat röy bergan vaqtda töğri oçilmagan, şu sabab yoki yorilib ketgan yoxud salonda ötirgan odamga temir parçasini otgan. Bu kabi hodisalar tufayli jami 11 kişi halok bölgan, ularning 10 nafari AQŞ hissasiga töğri keladi. Butun dunyo böylab çaqirib olingan avtomobillar soni 100 milliondan oşib ketgan.












