Braziliya prezidenti lavozimidan iste'foga çiqarilgan Dilma Russeffning impiçmenti Oq uyning ketayotgan rahbari Barak Obama körsatmasi bilan taşkillaştirilgan. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Managuada ma'lum qildi.
 

"Aynan Obama Dilma (Russeff)ni hukumat tepasidan ketkazişga körsatma bergan. Siz uşbu töntarişga oid hujjatlar paydo bölgaç hamda u AQŞ elçixonasi tomonidan taşkil etilganini körgaç, mening sözlarimni eslaysiz", - deya Venesuela yetakçisining sözlarini keltiradi Globovision telekanali.

Braziliyalik senatorlar 2016 yilning 31 avgust kuni köpçilik ovoz bilan avvalroq prezidentlik lavozimidan vaqtinçalik çetlatilgan Dilma Russeffga impiçment e'lon qiliş töğrisidagi taşabbusni qöllab-quvvatladi. Bir neça soat ötib, oldingi ma'muriyatda vitse-prezident vazifasini bajargan Mişel Temer davlat rahbari lavozimiga rasman kirişdi. Sobiq prezident himoyasi bu qarordan norozi böldi hamda qonunçilar xatti-harakatini “parlament töntarişi” deb atadi. Russeff iştirokçilari respublikadagi iqtisodiy vaziyatni tanqid qilgan va hukumat özgarişini talab qilgan köpminglik norozilik aksiyalari sabab iste'foga jönatildi.