AQŞning 44-prezidenti Barak Obama öz siyosiy faoliyati davomida internetdan foydalanuvçi hamda Twitter’da sahifa yuritgan ilk siyosatçilardan biri böldi. Biroq Obama internet kampaniyalarini muvaffaqiyatli yuritiş tajribasini Hillari Klintonga yetkaza olmadi, bu uning prezidentlik saylovlaridagi muvaffaqiyatsizligida asosiy rollardan birini öynadi. “Gazeta.ru” naşri Obama va internet mavzusiga töxtalib ötdi.
Internet Barak Obama uçun saylovçilar bilan muhim aloqa vositasi ekanligi uning prezidentlik lavozimi uçun birinçi kuraşi davridayoq ayon böldi. Hozirda siyosatşunoslar 2008 yilgi saylovlar elektron saylov kampaniyasi kabi fenomenning paydo bölişiga olib kelgani haqida dadil aytişlari mumkin.
Öz raqibi – respublikaçi Jon Makkeynni – Obama aynan onlaynda mağlub qilgan.
Obama özining texnologiyalar va öşa paytdagi BlackBerry smartfoniga sodiqligini namoyon etayotgan bir vaqtda uning jamoasi tarmoqlar orqali virus kabi ommalaşgan çorlovlar va videoroliklarni keng tarqatişdi.
Ta'kidlaş joizki, Obama prezidentlik davrida BuzzFeed naşrining doimiy mehmoni böldi. Bu vaqtda esa boşqa siyosatçilar öz matbuot kotiblari orqali jiddiy agentliklarga ma'lumot berişgan.
Amerika prezidenti esa mem va testlarga ixtisoslaşgan onlayn-media jurnalistlari bilan suhbatlaşgan.
Birinçi raqamli xonim Mişel Obama ham bu masalada turmuş örtoğidan qolişmagan. 2016 yilning martida u The Verge IT-naşriga intervyu berdi va Oq uyda ijtimoiy tarmoqlar qanday qöllanişi haqida sözladi.
Siyosatçi hatto videobloger rolida namoyon bölişdan ham tortinmagan. U öz tarğibotini televideniye emas, YouTube-kanal orqali yuritib, tavakkal qilgan. Obama prezidentlik poygasiga salmoqli internet resursi bilan kirişdi.
Öşa payt uning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi döstlari soni 2 milliondan ziyod bölib, uning Twitter mikroblogi servisidagi sahifasiga 125 mingdan ortiq kişi yozilgandi. Makkeynda esa – 622 ming (Facebook) va 3 ming (Twitter) follover bölgan.












