1-kalit. Allohga taqvo qiliş. Taqvo – Allohning buyruqlariga böysuniş, man etgan işlaridan saqlaniş. Alloh taolo öz Kitobida marhamat qiladi: “Kimki Allohga taqvo qilsa, (U) unga (taşvişlardan) çiqiş yölini (paydo) qilur. Yana özi öylamagan joydan rizqlantirur...” (Taloq, 2–3).
2-kalit. Allohga tavakkul qiliş. Ibn Abu Dunyo rivoyat qiladi: “Bir kişi uşbu oyatlarni öqidi: “Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas (Allohning) özi unga kifoya qilur” (Taloq, 2); “Ölmaydigan Barhayot zotga tavakkul qiling hamda Uning hamdi bilan tasbeh ayting! U Öz bandalarining gunohlaridan yetarliça xabardordir” (Furqon, 58). Söngra u Sulaymon Xavvos degan kişiga yöliqib dedi: “Ey Abu Qudoma, banda uşbu oyatdan söng Allohdan özgasidan panoh söramasin”.
3-kalit. Namoz. Abu Umoma (r. a.) Rasululloh (s. a. v.)dan rivoyat qiladi: “Uç toifa kişi borki, ularning bari Allohning kafolatida. Hayotliklarida Alloh taolo ularga kifoya qiladigan rizq beradi. Vafot etişsa, Alloh taolo ularni jannatga kiritadi: 1. Kim uyiga kiriboq salom bersa, u Allohning kafolatidadir; 2. Kim masjidga çiqsa, u Allohning kafolatidadir; 3. Kim Alloh yölida çiqsa, u Allohning kafolatidadir” (Abu Dovud).
4-kalit. Sabablarni harakatga keltiriş. Bunon Hammol (maşhur muhaddis) bunday degan edi: “Doimiy ravişda sabablarning özinigina körib muşohada qilmaslik, musabbib – ya'ni, sabablarni joriy qilgan Allohni idrok eta olmaslikka olib keladi. Sabablardan yuz ögiriş esa kişini layoqatsizlik, noçorlikka yetaklaydi”.
5-kalit. Istiğfor va tavba. Alloh taolo marhamat qiladi: “Bas, dedimki: “Rabbingizdan mağfirat sörang! Albatta U (bandalariga nisbatan) öta keçirimli zotdir. (Şunda, ya'ni istiğfor aytsangiz) ustingizga osmondan (barakali) yomğir yoğdirur. Sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga boğlar (barpo) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur” (Nuh, 10–12).
Ibn Abbos (r. a.) rivoyat qiladi: “Rasululloh (s. a. v.) bunday dedilar: “Kim istiğforni köpaytirsa, Alloh taolo uni barça taşvişlaridan xalos qiladi, har qanday çorasizlikdan qutqarib yöl körsatadi hamda uni özi kutmagan joydan rizqlantiradi”.
6-kalit. Allohga işonç. Abu Usayd Fazoriydan söraşdi: “Nima bilan tirikçilik qilasiz?” U kişi Allohga takbir va hamdu sanolar aytib: “Nahotki maymunning ham, tönğizning ham rizqini bergan Alloh Abu Usaydning rizqini bermasa?!” dedi.
Mavzuga oid
7-kalit.
Rizqni tongda teriş. “Rasululloh (s. a. v.) bunday dedilar: “Yo Alloh, ummatimning barakalarini tongda ber”.
Sahobalardan Soxr ibn Vadoa (r. a.) mazkur hadisga rioya qilib, tijoratini kunning avvalgi qismida yuritar, natijada, juda boyib, mol-dunyosi köpayib ketgan ekan (Termiziy).
8-kalit. Şukrona keltiriş. Alloh taolo ogohlantiradi: “Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu sözlar)ni eslang: “Qasamki, agar (bergan ne'matlarimga) şukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noşukrçilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir” (Ibrohim, 7).
Imom Faxriddin Roziy mazkur oyatning tafsirida bunday yozadi: “Kim bergan ne'matlari uçun Allohga şukr keltirsa, Alloh taolo unga öz ne'matlarini yanada ziyoda qilib qöyadi. Bunday holatda banda haqiqiy şukronalikni idrok etişi hamda şukrona ortidan ato etilgan ne'matlarni anglab yetgan holda muşohada qilişi kerak”. 9-kalit. Allohning ibodatiga foriğ böliş. “Ibodatga foriğ böliş”dan murod, ba'zi odamlar öylaganidek, mehnat, kasb-hunarni tark etib ibodatga şönğib ketiş emas. Balki ibodat çoğida qalbning hozir bölişi hamda qalbni mazkur onlarda dunyoviy maşğulotlardan uziş, ya'ni har bir ibodatni çin qalbdan va sidqidildan bajarişdir. Rasululloh (s. a. v.) dedilar: “Alloh taolo aytadi: “Ey Odam bolasi, ibodatimga foriğ böl, dilingni boy qilaman, faqringni ketkazaman, agar şunday qilmasang, qölingni işga töldiraman, faqirligingni ketkazmayman” (Imom Ahmad).
10-kalit. Boylikni duo qilib söraş. Bir kuni Xolid ibn Valid Rasululloh (s. a. v.)ga turmuşidagi noçorlikdan şikoyat qildi. Şunda Rasuli akram (s. a. v.) dedilar: “Qöllaringni osmonga kötargin-da, Allohdan keng rizq söra!” (Tabaroniy).
11-kalit. Faqirlik yetişidan panoh söraş. Nabiy (s. a. v.) tong otganda va keç bölganda uşbu duoni uç marta öqir edilar: “Allohumma afiniy fi badaniy, Allohumma afiniy fi sam'iy, Allohumma afiniy fi basariy, la ilaha illa anta, Allohumma inniy a'uzu bika minal kufr, val faqr, va a'uzu bika min azabil qabr, la ilaha illa anta” (Abu Dovud).
Ma'nosi: Yo Alloh, badanimni, quloğimni va közimni soğlom qilgin, ofiyat bergin! Özingdan boşqa iloh yöq! Yo Alloh, Sendan kufr va faqirlikdan panoh berişingni sörayman. Qabr azobidan panoh tilayman.
12-kalit. Haj va umra qiliş. Ibn Mas'ud (r. a.) rivoyat qiladi: “Rasululloh (s. a. v.) dedilar: “Haj va umrani ketma-ket qilinglar, zero, ular olov temirning zangini, tilla va kumuşning kirini ketkazgani kabi faqirlikni daf etadi va gunohlardan poklaydi. Mabrur (qabul bölgan) hajning savobi jannatdir” (Imom Ahmad).
13-kalit. “Subhanalloh” iborasini köp aytiş. Rasululloh (s. a. v.) aytdilar: “Nuh payğambar ölimi oldidan farzandiga bunday dedi: “Men senga bir vasiyat qilaman, ikki işni buyuraman, ikkitasidan esa qaytaraman: “La ilaha illalloh”ni buyuraman, zero, yetti osmon va yetti yer bir kaftga va “La ilaha illalloh” ikkinçi kaftga qöyilsa, “La ilaha illalloh”ning toşi oğir keladi. Senga “Subhanallohi va bihamdihi”ni buyuraman, zero, u boğlovçidir, u bilan maxluqotlar rizqlantiriladi. Seni kibr va şirkdan qaytaraman” (Imom Ahmad).
14-kalit. Silai rahm. Rasululloh (s. a. v.) bunday deganlar: “Kimni rizqi köpayişi va umriga baraka berilişi xursand etsa, silai rahm (qarindoşlari bilan bordi-keldi) qilsin” (Imom Buxoriy).
15-kalit. Tolibi ilmga yordam körsatiş. Anas ibn Molik (r. a.) aytadi: “Rasululloh (s. a. v.) davrlarida aka-uka bor edi. Ulardan biri Rasululloh (s. a. v.)ning majlislariga kelib, ul zotning muborak hadislariga quloq tutardi. Ikkinçisi esa hunarmandçilik qilardi. Bir kuni hunarmand aka Rasululloh (s. a. v.)ga şikoyat qilib keldi: “Yo Rasululloh, ukam menga heç bir işda yordam bermaydi!” Şunda Rasululloh (s. a. v.) dedilar: “Ehtimol, sen uning şarofatidan rizqlantirilayotgandirsan?” (Termiziy).
Mullo Ali Qori (r. a.) uşbu hadis şarhida bunday degan: “Rasululloh (s. a. v.)ning: “Ehtimol, sen uning şarofatidan rizqlantirilayotgandirsan?” deb majhul nisbatda aytişlaridan ma'no şuki, u zot: “Öylaşimça yoki qörqamanki, u sening hunarmandçiliging tufayli emas, sen uning barakoti tufayli rizqlanyapsan. Sening rizqing hunarmandçiliging ortidan kelmayapti”, demoqçilar”.
16-kalit. Işni maromiga yetkazib bajariş. Uşbu omil rizqning möl bölişiga olib keluvçi muhim sabablardan. Kundalik hayot ham odamlarning köngli işni maromiga, kamoliga yetkazib bajaradiganlarga oşiqişini, ularni boşqalardan afzal bilişlarini körsatib turibdi.
17-kalit. Omonatdorlik. Odamlar öz işida, savdosida omonatdor kişiga talpinadi, u bilan oldi-berdi qilişga intiladi. Uni boşqalardan ustun qöyadi. Şuning uçun ham Şuayb (a. s.)ning qizi Muso (a. s.)ning kuç-quvvati va omonatdorligini körib otasiga aytadi: “Ey ota, uni (işga) yollagin! Zero, sen yollaydigan (bu) yaxşi kişi kuçli va işonçli kişidir” (Qasas, 26).
18-kalit. Husni xulq. Bu yaşirib bölmaydigan haqiqat, odamlar köngli çiroyli axloqli odamga çopadi, badxulqdan esa hamma qoçadi.
19-kalit. Zaiflarga yaxşilik qiliş. Sa'd ibn Abu Vaqqos (r. a.) özini boşqalardan afzal deb bilardi. Şunda Rasululloh (s. a. v.) dedilar: “Sizlar zaiflaringiz şarofatidangina ğalaba qozonasiz va rizqlantirilasiz”.
20-kalit. Alloh yölida nafaqa qiliş. Alloh taolo marhamat qiladi: “Ayting: “Albatta, Rabbim bandalaridan Özi xohlaganiga rizqni keng qilur va (Özi xohlaganiga rizqni) tang qilur. Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning örnini töldirur. U rizqlantiruvçilarning yaxşisidir” (Saba', 39).
21-kalit. Alloh ato etgan ne'matlariga yaxşi munosabatda böliş. Oyşa (r. a.)dan rivoyat qilinadi: “Bir kuni Rasululloh (s. a. v.) mening oldimga kirdilar. Şunda közlari tökilgan urvoqlarga tuşib qolib, darhol ularni terib oldilar. Söngra dedilar: “Ey Oyşa, Allohning ne'matlariga yaxşi munosabatda böl, zero, kamdan-kam hollarda (ne'matlarga bepisand bölgan) xonadonlarga ne'matlar qayta beriladi” (Ibn Moja). Ibrohim Usmonov tayyorladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi