Trampning qizi Ivanka biznesni tark etadi

Foto: Dni.ru
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan so‘ng, uning qizi Ivanka vaqtincha Trump Organization va liboslar hamda aksessuarlar ishlab chiqaruvchi o‘z kompaniyasini tark etadi.
11 yanvarda ma'lum qilinganidek, Ivankaning turmush o‘rtog‘i, Trampning kuyovi Jared Kushner AQSh saylangan prezidentining Oq uydagi katta maslahatchisi bo‘ladi. Ammo, Ivankaning o‘zi Oq uyda ishlamaydi.
"Otam Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini egallaganidan so‘ng, men Trump Organization va o‘z nomimdagi liboslar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyadan vaqtincha dam olaman. Men ikkala kompaniya boshqaruvi va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmayman", — deb yozgan Ivanka Facebook sahifasida.
Donald Tramp esa, uning biznesi ikki o‘g‘li Donald kichik va Erik boshqaruviga o‘tishini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘illari kompaniyani "malakali" boshqarishadi va u bilan hech narsani muhokama qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
Jahon | 14:15
-
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 14:13
-
Yamanga zarbalar seriyasini amalga oshirgan Isroil, Moskva aeroportlaridagi kollaps va Bokuga qo‘nishga majbur bo‘lgan Serbiya prezidenti - kun dayjesti
Jahon | 14:01
-
“GES qurish maqsadida kanalga ortiqcha suv tashlangan” – Buloqboshidagi texnogen hodisa sababi aytildi
O‘zbekiston | 13:34
Mavzuga oid

18:19 / 03.12.2020
Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020