Fransiya va AQŞlik olimlar Gvineya ittumşuq maymunlari (Papio papio) insonning unli tovuşlariga öxşaş tovuşlardan foydalanişini aniqlaşdi. Bu esa yuqori rivojlangan sut emizuvçilarga umumiy bölgan sözlaşiş tilining asosiy elementlari taxminan 25 million yil muqaddam paydo bölganini anglatadi. Bu boradagi tadqiqot natijalari PLoS ONE jurnalida taqdim etildi, u haqda qisqaça Science News naşri xabar bermoqda.

Papio papio tomonidan çiqariluvçi tovuşlarning köpçiligi insonlardagi [u], [o], [e], [a] va [y]ni eslatadi. Olimlarning fikriça, Gvineya ittumşuq maymunlari va kişilar tovuşining öxşaşligi qadimiy signallar tizimining umumiyligidan darak beradi.

Mutaxassislarning aniqlaşiça, sözlaşişga sut emizuvçilar böğzining emas, balki tilining şakli ta'sir körsatadi. Gvineya ittumşuq maymunlari va insonlarning oğiz böşliği tubidagi toq ösimta muşaklari hajmi esa bir-biriga öxşaşdir.

Muqobil nuqtai-nazarga köra, inson nutqi taxminan 70-100 ming yil avval paydo bölgan hamda bu böğiz rivojlanişi bilan boğliq. Yangi tadqiqot esa Homo sapiens’dan taşqari, kamida Papio papiöda tovuş çiqariş uçun kerakli anatomik imkoniyatlar borligini körsatdi.